
Nima, nima?! Saudiya klubi "Barselona" futbolchisini 500 million evroga sotib olmoqchi
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Osiyoda davom ettirishi mumkin.
"Sky Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, polshalik forvarda Saudiya Arabistoni chempionati vakilidan qiziqish bor. Robertning tovon puli 500 million evroni tashkil etadi. Jurnalist Xavi Migelning ma’lum bo‘lishicha, arab klubi mazkur summani "ko‘k-anorranglilar"ga to‘lab berishga tayyor.
Qayd etish lozim, Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.
Fikrlar