
Nikolas Jekson "Chelsi"ni tark etadi
Londonning "Chelsi" klubi hujumchisi Nikolas Jekson katta ehtimol bilan klubni tark etadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, joriy transferlar davrida Jekson "Chelsi"ni tark etishi kutilmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska hujumchi bilan xayrlashishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni inkor etmadi.
"Transferlar oynasi vaqtida hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu Nikolas Jeksonga ham taalluqli. Nu yoz ikkita hujumchi bilan shartnoma imzoladik, ko‘ramiz", - dedi Mareska.
O‘tgan mavsumda 24 yoshli senegallik futbolchi 37 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Jeksonning narxini 50 million evroga baholamoqda.
Fikrlar