Nikola Lazarevich: "Qarshiliklarda g‘oliblik ruhi ancha shakllangan"

  • 28 aprel, 12:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Nasaf”- “Qizilqum” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Nikola Lazarevich OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi. 

"Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular amaldagi chempion hisoblanishadi va bugun bu statusga loyiq ekanliklarini yana bir marotaba isbotlashdi. 

Biz bu bellashuv qiyin o‘tishini bilardik va shunga mos tarzda tayyorgarlik ko‘rdik. “Nasaf”ga qarshi himoyalanib, imkon boricha qarshi hujumlardan foydalanib qolishga urindik. Birinchi bo‘limda qarshiliklarning hujumlarini bartaraf eta oldik.  Ammo ikkinchi bo‘lim boshidanoq tezkor gol o‘tkazdik. Ikkinchi goldan keyin esa o‘yinni “qutqarish” imkonsiz edi. Qolaversa, jismoniy jihatdan ham ustunligini namoyish etib, bizga imkon bermadi. 

“Nasaf”ning chempionat doirasidagi va Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidagi o‘yinlarini kuzatgandim. Jamoa murabbiyi ham ancha yillardan beri klubda ishlab kelayapti. Qarshiliklarda g‘oliblik ruhi ancha shakllangan", - dedi Lazarevich 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!