Niko Uilyamsning “Barsa”ga transferi nega barbod bo‘lgani sababi aytildi

  • 5 iyul, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” bir necha kun avval katta transferni amalga oshirib, Niko Uilyamsni tarkibga qo‘shib olishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.

Tecno

Lekin ketma-ket ikkinchi yil Nikoning “Barsa” transferi barbod bo‘ldi.

22 yoshli futbolchi “Atletik”da qolishga qaror qilib, bilbaoliklar bilan o‘n yillik shartnoma imzoladi va boshqa klubga o‘tish masalasini yopib qo‘ydi.

The Athletic nashri voqealar nega kutilganidan ters rivojlanganiga aniqlik kiritdi. Manbaga ko‘ra, Niko Uilyams agentlari o‘yinchining shartnomasiga bir band qo‘shishni talab qilgani ishni buzgan.

Unga ko‘ra, futbolchi tomoni “Barselona”dan Ispaniya chempionati boshlanadigan sana – 20 avgustga qadar  Niko Uilyamsni La Liga qaydnomasidan o‘tkazishni kafolatlashni va buning imkoni bo‘lmasa, o‘yinchiga boshqa klubga o‘tish huquqini berishni talabni qilgan.

Kataloniyaliklar sport direktori Deku bu talabni bajarishdan bosh tortgani ortidan Niko Uilyams “Atletik”dan ketmaydigan bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!