Niko Kovach afsonaviy Frants Bekkenbauerning natijasini takrorladi

  • 19 may, 2019, 10:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Bavariya” Germaniya Bundesligasining so‘nggi 34-turida o‘z maydonida “Ayntraxt”ni qabul qildi va 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa myunxenliklar o‘z tarixlaridagi navbatdagi chempionlikni tantana qilishdi.

Tecno

E’tiborlisi, “Bavariya” ustozi Niko Kovach ham futbolchi va ham murabbiy sifatida Bundesligada g‘olib chiqqan klub tarixidagi ikkinchi shaxs bo‘ldi. Bungacha ushbu nom faqatgina Frants Bekkenbauerga tegishli edi.

Ma’lumot uchun, Kovach 2001-2003 yillarda “Bavariya” safida to‘p surgan va Germaniya chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!