Nike Sterlingga 110 million evrolik taklif bilan chiqdi

  • 12 avgust, 2019, 19:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

AQShning Nike kompaniyasi "Manchester Siti" hujumchisi Raxim Sterlingga 110 million evrolik hamkorlik shartnoma taklif qildi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Nike Angliya terma jamoasi a’zosini o‘zining Air Jordan brendi yuziga aylantirmoqchi.

Aytish kerakki, Sterlingda shuningdek Gillette va H&M kompaniyalaridan ham takliflar bor.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Sterling ayni damda eng ko‘p maosh oladigan ingliz futbolchisi hisoblanadi. U yiliga 17,5 mln evro maosh oladi. U “Manchester Siti” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Unng klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!