
Nihoyat, Zidan Superliga haqida gapirdi
"Real" Madrid klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoasining Superligada ishtirok etishi masalasini muhokama qilishni xohlamadi.
"Bu savolni faqat klub prezidentiga berish mumkin. Men futbol haqida gapirishga tayyorman, lekin boshqa narsalar haqida emas. Qolganlari mening ishim emas. Shuning uchun men o‘z fikrimni bildirmayman. Meni faqat mashg‘ulotlar qiziqtiradi", - dedi Zidan Marca nashriga bergan intervyusida.
"Real" Madrid va Evropaning yana 11 ta grand klublari 2021 yil avgustda boshlanishi rejalashtirilgan Superliga asoschilariga aylanishdi. UEFA ushbu klublarga turli sanktsiyalar bilan tahdid qilmoqda. "Real" rahbari Florentino Peres Superliga prezidenti bo‘ldi.
Hozircha "Real", "Barselona", "Atletiko", "Yuventus", "Inter", "Milan", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Liverpul", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" Superligada ishtirok etishini tasdiqlagan.
Fikrlar