Nixoyat, Oston O‘runov maydonga qaytdi
Rossiya premer-ligasi o‘yinlariga tayyorlanayotgan “Ufa” klubi bugundan mashg‘ulotlarni boshladi. Koronavirusga test topshirilib, barcha futbolchi, murabbiy va xodimlar salomatligi tasdiqlanganidan keyin jamoa ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Chelyabinsk viloyatidagi “Metallurg” sport kompleksi bazasiga yo‘l oldi.
Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, mashg‘ulotlarda hali vatanidan qaytib kelmagan legionerlar - Rossiyaga etib kelmagan Lovro Bizyak, Boyan Yokich, Adreas Vombergar, Jamol Tabidze i Yonuts Nedelcharu qolganlarga kechroq qo‘shiladi.
“Ufa”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runov, lyuksemburglik Olive Till va moldovalik Ketelin Karp karantinni Ufa shahrida o‘tkazishgani bois, mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.



Fikrlar