Nihoyat, Konor MakGregorning raqibi hamda qachon jang qilishi aniq bo‘lganga o‘xshaydi
Sobiq UFC chempioni irlandiyalik Konor MakGregor amerikalik Franki Edgar bilan navbatdagi jangini o‘tkazadi. Jang shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak. Bu haqda 31 yoshli sportchi o‘zining tvitterida yozdi.
"Tug‘ilgan kuning bilan, Frenki, dekabrda ko‘rishguncha", deb yozgan MakGregor.
Konor MakGregor so‘ngi jangini 2018 yil oktyabr oyida rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi o‘tkazib, mag‘lubiyatini tan olgan edi.



Fikrlar