Nihoyat, Kavani o‘ziga jamoa tanladi

  • 20 iyul, 2022, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agent maqomida yurgan Edinson Kavani tez orada “Vilyarreal” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Urugvaylik to‘purarni Ispaniya chempionatining bir necha jamoalari – “Barselona”, “Real”, “Atletiko” va “Valensiya”ga o‘tishi mumkinligi haqida ko‘p xabar tarqatilgan edi. Lekin bu jamoalar o‘yinchini qo‘lga kiritish uchun amaliy harakatlarga qo‘l urgani yo‘q.

Manbalarning ta’kidlashicha, “Vilyarreal” rahbariyati mashhur goleadorni o‘z safiga qo‘shib olishga qat’iy qaror qilgan va ispan klubi mutasaddilari Kavani bilan o‘zaro shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan.

Edinson Evropadagi faoliyati davomida “Manchester Yunayted”dan tashqari PSJ, “Napoli” va “Palermo” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!