Toshkentdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘tayotgan xotin-qizlar o‘rtasidagi “Tashkent Open – 2019“ musobaqasida birinchi davra bahslari davom etmoqda.
O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz tennis federatsiyasi va Xalqaro xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) tomonidan o‘tkazilayotgan turnir biz uchun omadsiz boshlangan bo‘lsa-da, bugun ikki tennischimiz Oqgul Omonmurodova hamda Nigina Abduraimova kortga chiqadi.
Sovrin jamg‘armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi turnirning bugun o‘tadigan bahslarida Oqgul Omonmurodova belgiyalik Esalin Bonaventure bilan Nigina Abduraimova esa ruminiyalik Monika Nikuleskuga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar