
Nigina Abduraimova yarim finalda
Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda Nigina Abduraimova yarim finalga yo‘l oldi.
“Fyuchers” turkumiga kiruvchi musobaqaning chorak finalida hamyurtimiz xitoylik Meyki Guoni 2:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Shu tariqa, yarim finalga yo‘l olgan Nigina, endi final yo‘llanmasi uchun koreyalik Su Nam Jeongga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar