
nigina abduraimova yana mag‘lub bo‘ldi
Rossiya poytaxti Moskva shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to‘rida hamyurtimiz Nigina Abduraimova chorak final yo‘llanmasi uchun kortga chiqdi.
Musobaqaning ikkinchi davrasida Nigina rossiyaliklar - Olga Doroshinaga 7:5, 6:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha N.Abduraimova birinchi davra bahsida ruminiyalik Andrea Amaliya Roskani mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar