Niderlandiyalik sobiq futbolchi: "U "Manchester Yunayted"ni tanlab xato qildi"

  • 4 oktabr, 2024, 18:02
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Rud Gullitning aytishicha, Joshua Zirkze "Manchester Yunayted"ga ketmasligi kerak edi. 

"Zirkze "qizil iblislar"ga emas, "Milan"ga ketishi kerak edi. U A Seriya va "Milan" kabi top-klubdagi bir necha qo‘shimcha mavsum rivojlanishi uchun ideal ekanligini bilardi. Endi juda ko‘p muammolarga duch kelgan jamoada o‘ynamoqda. Bu holat uning o‘sishiga yordam bermaydi.

Tecno

Umid qilamanki, Zirkze vaziyatni o‘zgartira oladi. Futbolchi jamoaga ko‘nikishi uchun esa, vaqt kerak bo‘lishi tabiiy. Joshua shubhasiz yaxshi o‘yinchi. Ammo hozirda "Manchester Yunayted"da muvaffaqiyat qozonish qiyin", - dedi Gullit "La Gazetta dello sport" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!