Niderlandiya gurux bosqichlaridagi mag‘lubiyatsiz yurishini yakunladi

  • 26 iyun, 2024, 13:53
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" "D" guruhi 3-tur uchrashuvida Avstriya terma jamoasiga imkoniyatni boy bergan Niderlandiya 2012 yildan beri ilk bor yirik turnirning guruh bosqichida mag‘lub bo‘ldi.

Tecno

O‘yinning oltinchi daqiqasidayoq Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Doniell Malen o‘z jamoasi darvozasiga to‘p kiritib, avstriyaliklarning hisobda oldinga chiqib olishiga sababchi bo‘ldi. Keyin 47-daqiqada Kodi Gakpo jamodoshi Xavi Simonsning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. 59-daqiqada Avstriya terma jamoasi yarim himoyachisi Romano Shmid avstriyaliklarning ikkinchi golini urgan bo‘lsa, 75-daqiqada niderlandlar hujumchisi Memfis Depayning sa’y-harakati bilan yana hisobni tenglashtirdi. Biroq, atigi besh daqiqa o‘tib avstriyaliklar hujumchi Marsel Zabitserning goli bilan javob qaytarishdi – 3:2.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!