Neymarning orzusi ushalmayapti
PSJ va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar futbolda hali amalga oshmagan katta orzusi borligini aytdi.
- Eng katta orzum – jahon chempionatida g‘olib chiqish. Qatardagi mundialda mag‘lub bo‘lganimiz juda og‘ir botdi. Lekin bu futbol. Biz uni mana shunday xususiyatlari uchun yaxshi ko‘ramiz, - dedi Neymar.
Neymar 2022 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasini g‘olib chiqishini ta’minlamoqchi edi.
Biroq, braziliyaliklar chorak finalda Xorvatiya bilan bo‘lgan bahsda mundialni tark etishga majbur bo‘ldi. Uchrashuvda durang qayd etilgani bois, g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda omad Evropa vakillarida tomonida bo‘ldi.



Fikrlar