
Neymarning keyingi jamoasi va unga qachon o‘tishi oydinlashdi
“Al-Hilol”ning braziliyalik yulduzi Neymar faoliyatini umuman boshqa qit’ada davom ettiradigan bo‘lyapti.
2023 yilning yozida “Pari Sen-Jermen”dan Saudiya Arabistoni klubiga ko‘chib o‘tgan yulduzning Osiyodagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. Katta maosh olayotgan futbolchi ketma-ket og‘ir jarohatlar tufayli qatnashgan uchrashuvlari soni hali o‘ntadan o‘tgani yo‘q.
Goal nashrining yozishicha, 32 yoshli futbolchi faoliyatini AQSh chempionatida “Inter Mayami”da davom ettirmoqchi. Uning bu qarorga kelishiga “Barselona”da birga o‘ynagan do‘stlari – Lionel Messi va Luis Suares aynan mayamiliklar sharafini himoya qilayotgan sabab bo‘lgan.
”Inter Mayami” Neymar bilan hamkorlikka tayyor. Ular hujumchini yanvarda o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘radi. Agar qishda bu transferni uddalab bo‘lmasa, masala yozda, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyin hal etiladi.
Fikrlar