
Neymarni olib kelmasak bo‘lmaydi!
AQSh chempionatida ishtirok etayotgan “Inter Mayami” xo‘jayinlaridan biri Xorxe Mas jamoa tarkibini jahon darajasidagi yulduz bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Klub rahbariyati bu borada “Al-Hilol” forvardi Neymarga ko‘z tikayotgani ma’lum bo‘ldi.
- Muhim jihat shuki, agar Neymarni olish imkoni yuzaga kelsa, bu transferni amalga oshirishimiz mumkin. Hozir Neymar “Al-Hilol” o‘yinchisi.
Men har doim jamoamizga jahon darajasidagi o‘yinchilarni jalb qilishga harakat qilaman. Tarkib jihatidan joyimiz kam, lekin byudjetimiz yangi yulduzlarni olishga etadi.
Agar Neymardek o‘yinchini taklif qilish imkoniyati tug‘ilsa, ikkilanib o‘tirmay uni olamiz. Bu faqat mengagina bog‘liq emas. Bu liga va futbolchining o‘ziga ham bog‘liq masala. Biz esa, zo‘r tarkib tuzish harakatidan to‘xtamaymiz, - dedi Xorxe Mas.
Fikrlar