
Neymarni oladigan bormi? Uni beshta klubga taklif qilishdi
PSJ rahbariyati mavsum yakunlanishi bilan jahon futbolidagi eng qimmat transfer sohibi Neymarni sotib yubormoqchi.
Evropa matbuotining yozishicha, vositachilar braziliyalik yulduzni Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tishini tashkil qilmoqchi.
Xususan, agentlar 31 yoshli hujumchi xizmatlarini “Chelsi”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted” va “Nyukasl”ga taklif qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Parij klubi Neymarni 2017 yili transfer qilgan. O‘shanda Frantsiya grandi “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan.
Neymarning amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha tuzilgan. Biroq, PSJ o‘ta katta maosh olayotgan o‘yinchidan imkon qadar tezroq qutilmoqchi.
Fikrlar