
Neymarni jahon chempionatidan quruq qoldirmoqchi bo‘lishdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Tunisga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida raqiblar Neymarga qarshi juda qo‘pol o‘ynaganidan norozi bo‘ldi.
- Biz raqib raqobatlashishi va kurashishini avvaldan bilardik, lekin men ularning Neymarga nisbatan juda qo‘pol o‘ynashini kutmagan edim.
Ular xuddi Neymarni jahon chempionatiga borolmaydigan ahvolga solib qo‘yish uchun o‘ynagandek taassurot uyg‘otdi. O‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lishiga qaramay, biz futbolchilarning salomatligini xavfga qo‘yibmiz, - dedi Tite.
Neymar joriy mavsumda PSJ va Braziliya terma jamoasida jami 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va sakkizta assist qayd etdi.
Fikrlar