Neymarga yana bir jiddiy xaridor chiqdi

  • 25 aprel, 2023, 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar Angliya Premer-ligasi grandlari nishonida turibdi. 31 yoshli forvardni “Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli o‘z jamoasiga chaqirayotgan edi. Endi braziliyalik yuduz uchun kurashga “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi.

Tecno

Avvalgi mavqeini tiklashag urinayotgan manchesterliklar kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilmoqchi. Manbalar klub rahbariyati kamida 15 nafar futbolchi bilan xayrlashib, ularning o‘rniga yangi ijrochilarni olib kelmoqchi ekani haqida xabar tarqatmoqda.

“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari Neymarni ham APLga taklif qilmoqchi. Footmercato nashrining ta’kidlashicha, manchesterliklar bir necha oydan beri Neymar atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

PSJ Neymar bilan 2025 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega. Biroq, parijliklar anchadan beri katta undan qutilmoqchi bo‘lyapti.

Neymar joriy mavsumda barcha turnirlarda 29 ta uchrashuv maydonga tushib, 18 ta gol va 17 ta assist qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!