
Neymar “ov” nishoniga aylandi
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Neymar jarohatini davolatish bilan band. Braziliyalik futbolchi kelasi mavsumgacha maydonga tusha olmaydi.
Shunga qaramay, Angliya Premer-ligasining bir necha grandlari 31 yoshli hujumchi uchun kurashni boshlab yubordi.
Fichajes nashrining ta’kidlashicha, Neymarni uchta klub o‘z safida ko‘rmoqchi. Manbaning ta’kidlashicha, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti” va “Chelsi” tajribali to‘purar uchun xarajat qilishga tayyor.
PSJ anchadan beri Neymardan qutila olmayapti. Parijliklar bilan 2025 yilning yozigacha shartnoma tuzgan o‘yinchi klubda qolishini ta’kidlagan. Chunki u har mavsum uchun 50 million evro atrofida maosh olmoqda.
Fikrlar