Neymarga kutilmagan xaridor chiqdi

  • 4 iyul, 2022, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Neymar va PSJ rahbariyati o‘rtasida chiqqan kelishmovchilik braziliyalik yulduzning jamoadan ketishi bilan yakunlanishi mumkin.

Tecno

Bu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi bo‘layotgan klublar ham yo‘q emas. Xususan, Neymarni tarbiyalagan “Santos” klubi prezidenti Andres Rueda uni ortga qaytirishga urinib ko‘rishini ma’lum qildi.

- Men Neymarning otasi bilan tez-tez gaplashib turaman. Fikr almashamiz. Shu aloqalarimizdan va PSJdagi vaziyatdan foydalanib, Neymar uchun eshiklarimizni doim ochiq qoldiramiz va uning kelishini orzu qilamiz.

Neymar klubimizdan ketayotganida qachonlardir qaytishini aytgan. Mening vazifam hech bo‘lmaganda uni qaytarishga urinib ko‘rish, - dedi Andres Rueda.

Braziliyalik yulduz klublar miqyosida jami 464 marotaba maydonga tushib, 275 ta gol va 171 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!