Neymardan noxush xabar

  • 10 mart, 16:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumni “Santos”da yakunlab qo‘yish uchun Braziliyaga kelgan Neymar yana noxush holatga duch keldi.

Tecno

33 yoshli futbolchi Paulista ligasi pley-offida “Korintians” bilan bo‘lgan uchrashuvda ko‘rinmadi. Ma’lum bo‘lishicha, Neymar o‘yin oldi mashg‘ulotlarida shikastlangan. Bu uning o‘z yurtiga qaytganidan keyin birinchi bor shikastlanishi.

Ma’lumki, Neymar 2023 yilning yozida PSJdan Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasiga ko‘chib o‘tganidan keyin aynan jarohatlar tufayli o‘zini ko‘rsata olmagan edi. 2023 yilning oktyabrida Braziliya terma jamoasi safida shikastlangan futbolchi bir yildan ortiq davolangan va maydonga qaytishi bilan yana lazaretga ravona bo‘lgandi.

Umumiy hisobda Neymar “Al-Hilol”dagi bir yarim yillik faoliyati davomida atigi ettita uchrashuvda qatnashgan xolos.

Paulista Ligasida “Santos” Neymarsiz raqibga 1:2 hislobida yutqazdi va musobaqadan chiqib ketdi.

Futbol ekspertlari mashhur yulduzning ko‘p jarohat olishini uning jismoniy holati talabga javob bermasligi bilan izohlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!