
Neymar va PSJ o‘rtasidagi yangi shartnoma shartlari ma’lum bo‘ldi
"Pari Sen-Jermen" rahbariyati jamoa hujumchisi Neymar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
ESPN manbasiga ko‘ra, braziliyalik futbolchi klub bilan besh yillik shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi esa 32 million evroni tashkil qiladi.
Shuningdek, Neymar PSJ sport ishlari bo‘yicha direktori Leonardodan klubning keyingi rejalarini taqdim qilishni so‘ragan.
Ma’lumot o‘rnida, Neymar va Parij klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar