
Neymar va Benzema Osiyoda qadr topib, qiymat yo‘qotdi
Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni futbolchilarining transfer narxlarini yangiladi. Yangi ko‘rsatkichlarga ko‘ra, narxi eng ko‘p arzonlagan o‘yinchilar Osiyoni tanlagan yorqin yulduzlar bo‘lib chiqdi.
Eng ko‘p narxi tushgan futbolchilar Neymar, Sergey Milinkovich-Savich va Karim Benzema bo‘ldi. Ularning transfer summasi o‘n million evroga pastlagan.
Osiyoga qadam bosib qiymati tushgan futbolchilar o‘nligi quyidagi ko‘rinishga keldi.
Neymar (“Al-Hilol”) € 50 (-10) mln.
Sergey Milinkovich-Savich (“Al-Hilol”) € 40 (-10) mln.
Karim Benzema (“Al-Ittihod”) € 15 (-10) mln.
Allan Sen-Maksimen (“Al-Ahli”) € 24 (-8) mln.
Seko Fofana (“An-Nasr”) € 24 (-8) mln.
Demaray Grey (“Al-Ittifoq”) € 12 (-8) mln.
Frank Kesse (“Al-Ahli”) € 20 (-5) mln.
Marko Brozovich (“An-Nasr”) € 20 (-5) mln.
Yannik Ferreyra Karrasko (“Ash-Shabab”) € 20 (-5) mln.
Fabino (“Al-Ittihod”) € 38 (-4) mln.
Fikrlar