
Neymar uchun yana bir APL vakili kurashga kirishdi
Neymar yozda PSJni tark etishi mumkin. U muxlislarning harakatlaridan norozi va klublardan keladigan takliflarni eshitib ko‘rishga tayyor. "L'equipe" nashri ma’lum qilishicha, braziliyalik vinger uchun endilikda "Manchester Yunayted" ham kurashmoqda. "Qizil iblislar" vakili Kazemiro ushbu transferda ishtirok etishi mumkin.
Neymarga MYudan tashqari, "Chelsi" va "Nyukasl"dan ham qiziqishlar borligi haqda mish-mishlar taraqlangan. Shuningdek, futbolchining o‘zi "Barsa" qaytishni istaydi. Ammo kataloniyaliklar uni sotib olmoqchi emas.
Neymar mavsumni yomon o‘tkazmayapti. Birgina jarohat uni yana uzoq muddatga safdan chiqardi va jamoasiga muhim o‘yinlarda yordam bera olmadi. Shunday bo‘lsada, 31 yoshli forvard PSJ tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 17 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar