
Neymar sensatsion transferga tayyorlanyapti
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasida o‘ynayotgan Neymar faoliyatida yana jiddiy va shov-shuvli o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.
Braziliyalik futbolchi o‘zini tarbiyalagan “Santos” bilan hamkorlik masalasida kelishuvga erishdi.
Jurnalist Sesar Luis Merloning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qilishicha, Neymarning agentlari “Al-Hilol” rahbariyati bilan o‘zaro hamkorlikni bekor qilish masalasida muzokaralarga kirishgan.
“Santos” klubi 25 noyabrgacha Neymarning transferini rasman e’lon qilishni rejalashtirmoqda. Shu kuni mashhur klub joriy mavsumdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi.
Fikrlar