
Neymar “Santos”da qaysi raqamni oldi?
12 yillik tanaffusdan keyin yana faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Santos”da davom ettiradigan Neymar o‘ziga raqam tanladi.
32 yoshli yulduz futbol qiroli Pele o‘ynagan 10-raqamni tanladi.
- Qirol Pele, sening istaging biz uchun qonun. Futbol taxti va toji doim seniki bo‘ladi. Xotirang abadiy. Lekin 10-raqam...
“Santos” va jahon futboli uchun ahamiyati katta bo‘lgan 10-raqamli libosni kiyish men uchun sharaf. Sening afsonangni davom ettirish uchun qo‘limdan kelganini qilishga va’da beraman, qirol Pele, - dedi Neymar.
Neymar professional faoliyatini aynan “Santos”da boshlagan. 2009-2013 yillar davomida bu klubda 225 ta uchrashuv o‘tkazib, 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan. Endi tajribali hujumchi bu statistikani davom ettirishi mumkin.
Fikrlar