Neymar rasman ishsiz qoldi. “Al-Hilol” undan voz kechdi

  • 28 yanvar, 10:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoasi braziliyalik legioneri Neymar bilan amaldagi shartnomani bekor qildi.

Tecno

- “Al-Hilol” va Neymar o‘zaro kelishgan holda amaldagi shartnomani bekor qilishga rozi bo‘ldi. Neymarga tashakkur va muvaffaqiyat, - deyiladi “Al-Hilol” bayonotida.

Avvalroq, Neymar faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Santos”da davom ettirishi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Neymar 2013 yilgacha “Santos”da o‘ynab, keyin “Barselona”ga yo‘l olgan. Kataloniya klubi uni 2017 yili 222 million evro evaziga PSJga transfer qilgan.

“Al-Hilol” 2023 yilning  yozida 90 million evroga Neymarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Lekin braziliyalik yulduz og‘ir jarohatlar tufayli bir yarim yil ichida atigi etti marta maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!