Neymar qovun tushirdi. U o‘zi orzu qilgan finalni o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 19 avgust, 2020, 10:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar Chempionlar ligasining finali uchrashuvidan mahrum etilishi mumkin. Bunga braziliyalik futbolchining “Leyptsig” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan yarim final uchrashuvidan so‘ng, raqib himoyachisi Marsel Xalstenberg bilan futbolka almashtirgani sabab bo‘ladi.

Tecno

UEFA qaroriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida futbolchilarning o‘zaro futbolka almashishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tibbiyot protokoliga ko‘ra, bu bir o‘yinlik diskvalifikatsiya va 12 kunlik izolyatsiya bilan jazolanishi kerak.

Neymar va Xalstenberg futbolka almashayotgan jarayoni televizion kameralarga tushib qolgan. UEFA hali bu vaziyat bo‘yicha munosabatini bildirgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!