Neymar qaysi klubda o‘ynashni istayotganini aytdi

  • 21 aprel, 2023, 14:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmagan PSJ hujumchisi Neymar "Santos"ning "Audaks"ga qarshi o‘yinga tashrif buyurdi. U shu klub azosi.

Tecno

"Deyarli o‘n yildan keyin uyga qaytish juda yoqimli. Men “Santos”ning g‘alaba qozonishini ko‘rishni juda xohlagandim biroq durang qayd etildi. Muxlislarning mehrini his qildim. Bu men uchun eshiklarini ochgan va meni butun dunyoga ko‘rsatgan klub. Men bu erga qaytishni orzu qilaman. Bir kun kelib bu sodir bo‘ladi ”, - deya Neymarning so‘zlarini keltiradi "UOL".

Neymarning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Frantsiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 20 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!