
Neymar PSJ rahbariyatidan Alvesni jamoada olib qolishni so‘radi
PSJ forvardi Neymar hamyurti Dani Alvesni jamoada qolishini xohlamoqda.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga ko‘ra braziliyalik futbolchi klub rahbariyatidan tajribali hamyurti bilan shartnomani uzaytirishni so‘ragan. Chunki, Alvesning shartnomasi mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Alves joriy mavsum PSJ safida jami 21ta o‘yinda ishtirok etdi va jamoasining 4ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar