
Neymar o‘ziga mashhur jamoani sotib olmoqchi
“Al-Hilol” hujumchisi Neymar o‘zini tarbiyalagan “Santos” klubini sotib olish haqida bosh qotirmoqda.
Bu haqda jurnalist Mauro Beting ma’lumot turqatdi.
Braziliyaning eng mashhur klublaridan hisoblangan”Santos” ayni paytda og‘ir damlarni boshdan kechirmoqda. Bu klubning 150 million evro miqdorida qarzi bor.
Neymar qadrdon jamoasini moliyaviy muammolardan olib chiqib ketish maqsadida otasi bilan birga klub aktsiyalarini sotib olmoqchi.
Braziliyalik forvard bu borada yana bir yulduz Ronaldodan o‘rnak olmoqchi. Ronaldo 2021 yili qiyin ahvolga tushib qolgan “Kruzeyro”ning 90 foiz aktsiyalarini sotib olib, o‘zini tarbiyalagan jamoani bankrotlikdan qutqarib qolgandi.
32 yoshli Neymar 2009-2013 yillar davomida “Santos” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar