Neymar navbatdagi jamoasi nomini aytdi

  • 23 aprel, 2023, 19:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Neymar og‘ir jarohatini davolatishda davom etmoqda. Tiklanish jarayonining ma’lum bosqichini Braziliyada o‘tkazayotgan 31 yoshli hujumchi o‘zini tarbiyalagan “Santos” jamoasi o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga bordi.

Tecno

- Qariyb o‘n yildan keyin o‘z uyimga qaytishim juda maroqli bo‘ldi. Afsuski, o‘yin durang bilan tugadi. “Santos”ning g‘alabasini ko‘rmoqchi edim.

Men muxlislar mehrini his qildim. Bu klub menga o‘z eshiklarini ochgan va meni butun dunyoga namoyish qilib bergan. Bu jamoaga qaytishni orzu qilaman. Bir kun kelib, shunday bo‘lishiga ishonaman,  - dedi Neymar.

Neymarning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha davom etadi. Parijliklar yozda uni sotib yubormoqchi edi. Biroq, og‘ir jarohat tufayli Neymarni transfer qilib bo‘lmaydi.

Uchrashuvdan keyin braziliyalik yulduz o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!