Neymar muzokara boshladi

  • 7 dekabr, 12:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya chempionatida ishtirok etayotgan “Santos” klubi rahbariyati jamoaning eng mashhur yulduzi Neymar va uning vakillari bilan hamkorlikni uzaytirish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshladi. 

Tecno

Bu haqida Foot Mercato nashri jurnalisti Santi Auna o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Neymar klubda kamida yana bir mavsum qolishni istamoqda va tomonlar shartlarni yaqin vaqtda kelishib olishga umid qilmoqda.

Braziliyalik hujumchi yanvar oyida “Al-Hilol” bilan shartnomani bekor qilib, erkin agent sifatida qadrdon klubiga qaytgan edi. Uning “Santos” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil 31 dekabrigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Neymar 27 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!