
Neymar keyingi mavsumni qaysi klubda o‘tkazishi oydinlashdi
Neymar "Santos" klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.
ESPN nashrining xabariga ko‘ra, Braziliya klubining prezidenti Marselo Teysheyra va futbolchining otasi Neymar da Silva uchrashuv o‘tkazib, yangi shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishishgan. 33 yoshli hujumchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi iyun oyining oxirida yakunlanadi.
Tomonlarga faqat ba’zi so‘nggi tafsilotlarni aniqlashtirish qoldi. Yangi shartnoma imzolangani haqida klub 27 iyun, juma kuni rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Neymar joriy yil yanvar oyi oxirida "Santos" klubiga qaytgandi.
Fikrlar