Neymar ketishga qaror qildi. Manzil aniq!

  • 8 noyabr, 2024, 11:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yana jarohat olib, bir necha haftaga safdan chiqqan Neymar Saudiya Arabistoni Professional ligasini tark etishga qaror qildi.

Tecno

Goal nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli mashhur hujumchi yanvar oyida “Al-Hilol” bilan kelishuvni muddatidan oldin bekor qiladigan bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi o‘zini tarbiyalagan “Santos”ga ko‘chib o‘tishga rozilik bergan.

Avvalroq, “Santos” vakillari Neymar bilan muzokara boshlangani va uni jamoaga qaytarish bo‘yicha ish olib borilayotganini ma’lum qilgandi.

O‘z navbatida, “Al-Hilol” rahbariyati ham katta maosh olayotgan yulduzning asosiy vaqtini maydondan tashqarida o‘tkazayotganidan norozi bo‘lib, Neymar bilan 2025 yilning yozigacha davom etishi kerak bo‘lgan bitimni bekor qilish harakatini boshlab yuborgan.

Neymar 2023 yilning yozida PSJdan transfer qilingan edi. Biroq “Al-Hilol” safida beshta o‘yinda ishtirok etganidan keyin Braziliya terma jamoasi o‘yinida og‘ir jarohat olib, bir yildan ko‘proq muddatga safdan chiqdi. Yaqinda maydonga qaytgan Neymar ikkita o‘yinda bir necha daqiqadan o‘ynab, yana shikastlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jan reno
08/11/2024 19:11
Деревяшка :)