Neymar katta summadan voz kechdi

  • 28 yanvar, 15:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur braziliyalik hujumchi Neymar "Al Hilol" klubi bilan tuzilgan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilib, katta miqdordagi puldan voz kechdi. Bu haqda insayder Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 32 yoshli hujumchi Saudiya Arabistoni klubi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan 40 million evroni rad etgan. Neymar "Al-Hilol"dagi faoliyatini muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi - uning tizzasidagi xochsimon bog‘lamlar jarohati bunga sabab bo‘ldi.

Jarohat tufayli braziliyalik futbolchi klubdagi bir yarim yillik faoliyati davomida ettita o‘yinda ishtirok etib, faqat bitta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 2023 yilning avgust oyida PSJdan "Al-Hilol" tarkibiga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!