
Neymar ham, bo‘ldi ketaman, dedi!
PSJning braziliyalik legioneri Neymar ham yozgi transfer bozori yakunlangunga qadar Parijni tark etishga qaror qildi.
L’Equipe nashrining ta’kidlashicha, 31 yoshli hujumchi klub prezidenti Nasser Al-Xelaifiyga o‘z maqsadini aytgan va uni transferga qo‘yishlarini so‘ragan.
Evropa nashrlari Neymar “Barselona”ga qaytmoqchi ekanini yozmoqda. Kataloniya klubi xo‘jayini Joan Laporta mashg‘ur yulduzni ortga qaytarishga tayyor.
Biroq, Neymarning transferiga bosh murabbiy Xavi Ernandes qarshilik qilmoqda. Bu mutaxassis braziliyalik futbolchi jamoaning ichki muhitini buzishidan xavotirga tushyapti.
Fikrlar