
Neymar haftasiga 950 ming funt oladi. “Chelsi” uni kutmoqda
Ayni paytda jarohatini davolatayotgan Neymar Yozda “Chelsi”ga ko‘chib o‘tishi mumkin. “Aristokratlar” xo‘jayini Todd Byoli 31 yoshli baziliyalik yulduzni o‘z jamoasiga olib kelmoqchi.
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, PSJ prezidenti Nassert Al-Xelaifiy Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqin uchun jamoa falsafasini o‘zgartirmoqchi. Ana shu maqsadda, tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilinadi. Parijliklar bir necha futbolchisi bilan xayrlashishga tayyor.
Manbalarning ta’kidlashicha, Todd Byoli PSJ xo‘jayini Nasser Al-Xelaifiy bilan do‘stona munosabatga ega. Amerikalik milliarder qatarlik hamkasbi bilan Neymar transferi bo‘yicha suhbat o‘tkazgan.
Neymar joriy mavsum 13 ta gol va 11 ta assist muallifi bo‘ldi. Parij klubi bu hujumchiga har hafta 950 ming funtdan maosh to‘laydi. “Chelsi” ham transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Neymarning talablarini qondirishga tayyor.
Fikrlar