
Neymar eng zo‘r deb tan olindi (FOTO)
UEFA rasmiy saytida Chempionlar ligasining joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari e’lon qilindi.
Tashkilot rasmiy saytining ma’lum qilishicha, g‘oliblik PSJ hujumchisi Neymarga nasib etdi. Braziliyalik futbolchi jamoasi bilan birga “Bavariya” dovonidan o‘tdi va yarim finalga yo‘l oldi.
So‘rovnomada shuningdek, Kristian Pulishich ("Chelsi"), Ilkay Gyundogan ("Manchester Siti") va Kazemiro ("Real") kabi futbolchilarning ham nomzodlari bor edi.
E’tiborlisi, EChLning o‘tgan haftadagi eng yaxshi futbolchisi nomiga ham PSJ futbolchisi sazovor bo‘lgan edi. Aniqrog‘i, Myunxenda “Bavariya” darvozasiga 2 ta gol urgan Kilian Mbappe ushbu nomni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar