
Neymar Chempionlar ligasini qanday yutishni biladi
PSJ klubining azaliy orzusi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish hisoblanadi. Parijliklar hech qachon bu sovrinni qo‘lga kiritmagan.
Braziliyalik hujumchi Neymar Evropaning eng nufuzli turnirida zafar quchish uchun nimalar qilish kerakligini aytdi.
- Butun jamoa birgalikda mashaqqatli mehnat qilsagina, Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishimiz mumkin. O‘yinlar davomida raqibga erkin harakat qilish imkoniyatini bermasligimiz kerak. Ko‘p gol o‘tkazish ham yaramaydiyu
Biz himoyada mustahkam turishimiz shart. Yaxshi hamki, hozir turnirning boshlang‘ich bosqichidamiz. Vaziyatni o‘nglash uchun hali vaqtimiz bor, - dedi Neymar.
PSJ Chempionlar ligasining guruh bosqichida etti ochko bilan o‘z kvartetida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar