
Neymar bor joyda Ronaldu va Benzemaga o‘rin yo‘q!
Transfermarkt portali Saudiya Arabistoni professional ligasida o‘ynayotgan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Kuchli o‘nlikni “Al-Hilol” hujumchisi Neymar boshqarib turibdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Krishtianu Ronaldu ham, Karim Benzema ham eng qimmat o‘n futbolchi qatoriga yaqinlasha olmadi.
“Top-10” bilan tanishing:
- Neymar (“Al-Hilol”) — € 50 mln;
- Ruben Nevesh (“Al-Hilol”) — € 40 mln;
- Sergey Milinkovich-Savich (“Al-Hilol”) — € 40 mln;
- Fabino (“Al-Ittihod”) — € 38 mln;
- Otavio (“An-Nasr”) — € 35 mln;
- Gabriel Veyga (“Al-Ahli”) — € 30 mln;
- Malkom (“Al-Hilol”) — € 30 mln;
- Rojer Ibanes (“Al-Ahli”) — € 28 mln;
- Aleksandr Mitrovich (“Al-Hilol”) — € 28 mln;
- Emerik Laport (“An-Nasr”) — € 25 mln.
38 yoshli Ronaldu va 35 yoshli Karim Benzema 15 million evrodan baholangan va kuchli o‘nlikka kiritilmadi.
Fikrlar