Neymar APLda o‘ynashi mumkin
Neymar "Santos" bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, faoliyatini Evropada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Goal nashri yozmoqda.
Manbada yozilishicha, 33 yoshli futbolchi karerasini APLda davom ettirishni o‘ylab ko‘rmoqda. Hozirda hujumchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. MYu Neymar uchun faoliyatini davom ettirishning yagona varianti emas. Avvalroq hujumchi "Inter Mayami"ga o‘tib, "Barselona"da birga o‘ynagan jamoadoshlari Messi va Suaresga qo‘shilib birga o‘ynashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik hujumchining "Santos" bilan amaldagi shartnomasi qishda yakuniga etadi. Neymar joriy mavsum 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar