
Nevill Palmerning haraktlarini qattiq qoraladi
Garri Nevill Koul Palmerni "Manchester Siti" bilan o‘yindan keyingi harakatlari uchun tanqid qildi.
- Koul Palmer haqida bir necha so‘z aytmoqchiman. U o‘yindan so‘ng maydonda Xosep Gvardiola bilan yaxshi kayfiyatda suhbat qildi.
Koul - ajoyib futbolchi, haqiqatan ham a’lo darajada. Biroq, "Chelsi" muxlislari sening raqib murabbiyi bilan gaplashib, mag‘lubiyatdan keyin jilmayib turishingni ko‘rib xursand bo‘lmaydilar.
Stadiondan tashqarida gaplashsang, men qarshi emasman. Shunchaki, buni noto‘g‘ri vaziyatda qilganingni his qildim. Bunday vaziyatda men Gvardiolaga e’tibor bermagan bo‘lardim, u doim shunday qiladi.
Agar safarda 3:1 hisobida yutqazganimda, men bunday qilmagan bo‘lardim. Koul Palmerdan esa ikkinchi bo‘limda ko‘proq narsa kutgan edim, - dedi Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi "The Gary Neville Podcast" podkastida.
Eslatib o‘tamiz, kecha London klubi APLning 23-turida 1:3 hisobida "shaharliklar"ga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar