Nevill "Manchester Yunayted"ning natijalaridan norozi

  • 15 sentabr, 13:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik sobiq himoyachi Gari Nevill "Manchester Yunayted"ning mavsum boshidagi o‘yinlarini tanqid qildi.

Tecno

"Amorim klubga kelganda, ular uch himoyachi bilan o‘ynayotganidan ruhlangandim. Ammo u har o‘yinda tizimni o‘zgartiryapti, bu esa qaysi futbolchilar asosiy bo‘lishi kerakligini o‘zi ham bilmayotganini ko‘rsatadi. U hatto himoya chizig‘ida besh nafar futbolchini almashtirdi.

Bugun juda ko‘p individual xatolar bo‘ldi. Shou eng yomon o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. U uchala golda ham yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi.

"Yunayted" umuman hech narsa ko‘rsatmadi. Ular 14-o‘rinda. Endigi o‘yinlarda tez orada g‘alabalarga erishishlari shart, aks holda murabbiy jiddiy muammolarga duch keladi", – dedi Nevill.

APL 4-turidan o‘rin olgan derbida "qizil iblislar" 'Manchester Siti"ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lishdi (0:3).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!