
Netflix 60 milliondan ortiq kishidan nega uzr so‘radi?
16 noyabr kuni AQSh da boks afsonasi Mayk Tayson va mashhur bloger Jeyk Pol jangi bo‘lib o‘tdi. Intiqib kutilgan bahs millionlab tomoshabinlarni jalb qilgan bo‘lsa-da, Netflix platformasi foydalanuvchilarning shikoyatlari bilan to‘ldi. 60 milliondan ortiq kishi translyatsiya davomida sodir bo‘lgan qotib qolishlardan shikoyat qildi.
"Ushbu voqealik misli ko‘rilmagan tomoshabinlar oqimini keltirib chiqardi. Shu bois texnik muammolar kelib chiqdi. Biz bu xatoni tan olamiz va barchasini yaxshilashga harakat qilyapmiz", - dedi Netflix texnik direktori Elizabet Stoun.
Eslatib o‘tamiz, barchaning nigohi qadalgan mazkur jangda Jeyk Pol ochkolar evaziga Mayk Taysondan ustun keldi.
Fikrlar