
Nemislar “Real” orzusini barbod qildi
“Real” rahbariyati jamoa tarkibida o‘zgarish qilib, “Bavariya”dan chap qanot himoyachisi Alfonso Devisni transfer qilmoqchi edi.
Avvalroq, madridliklar yozda himoyachi Ferlan Mendini sotib yuborib, o‘rniga kanadalik futbolchini olib kelishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, “Bavariya” mutasaddilari madridliklar rejasini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilmoqda. Myunxenliklar 22 yoshli futbolchini Ispaniyaga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi.
“Bavariya” Devisni dunyoning eng zo‘r himoyachilaridan biri, deb biladi va uning xizmatidan uzoq yillar foydalanmoqchi.
Alfonsoning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Uning transfer summasi 70 million evroga baholanoqda.
Fikrlar