
Nemislar mehmon bo‘lishni xush ko‘rishadi
Bundesliganing 31-turidan o‘rin olgan "Shalke" va "Bayer" qarama-qarshiligi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Ushbu turning 6 ta uchrashuvida mehmon jamoalar g‘alabaga erishishdi. Shu tariqa, Germaniyaning joriy mavsumidagi 106 ta bahsda safarda o‘ynagan jamoa g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va bu musobaqa tarixidagi rekord natijaga aylandi.
Avvalgi rekord 2010/11 yilgi mavsumda o‘rnatilgandi. 9 yil oldingi turnirning 102 ta bellashuvida mehmon bo‘lgan jamoalar zafar quchishgan.
E’tiborga molik tomoni, Germaniya Bundesligasining joriy mavsumi yakunlanishi uchun oldinda yana 3 ta tur bor.
Fikrlar